NATO va O‘zbekiston hamkorlikni mustahkamlamoqda

  • 10 Feb. 2016 - 12 February 2016
  • |
  • Last updated 24-Feb-2016 14:11

Aloqa va o‘zaro hamkorlik bo‘yicha NATO xodimi Rozariya Pulizi 10 va 12 fevral kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Mudofaa vaziri Qobil Berdiev bilan uchrashdi. Ular uchrashuv davomida Shimoliy antlantika uyushmasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi joriy hamkorlikni muhokama etib, shu bilan birga 2016 yilda o‘zaro munosabatlarni kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqdilar.

Vazirlar “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” (TYH) dasturi doirasida hamda milliy manfaatlarni ko‘zlovchi boshqa tadbirlar doirasida o‘z davlatlari tomonidan NATO bilan hamkorlikni doimiy qo‘llab-quvvatlashlarini izhor etdilar.

O‘zbekiston TYH dasturiga 1994 yil qo‘shilgan.