Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik O'zbekiston uchun shu kunning dolzarb masalasidir

  • 03 Oct. 2014 -
  • |
  • Last updated 13-Oct-2014 10:05

3 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) “Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik: bosh masalalar va ularning istiqboldagi yechimlari” mavzusiga bag'ishlangan ekspertlar ishtirokidagi anjumanga mezbonlik qildi. Anjuman, dastlab, NATO homiyligidagi tadbirlar qatoriga kiruvchi Markaziy Osiyodagi hamkor davlatlar Tinchlik yo'lida hamkorlik (TYH) dasturining 20 yilligini nishonlash bilan boshlandi.

JIDU, milliy tadqiqot markazi, dilomatik korpus va milliy tashkilotlar vakillarining Markaziy Osiydagi davlatlar aro chegara xavfsizligi, mintaqaviy xavfsizlik masalalari va integratsiya jarayonlari yuzasidan bo'lib o'tgan muxokamasida institutsional va madaniy yondashuvlarga alohida urg'u berildi.

JIDUning Amaliy diplomatiya fanlari professori, doktor Alisher Fayzullaev shunday dedi, “Markaziy Osiyo (mintaqaviy) institutlarini rivojlantirish hamda mamlakatlar va xalqlarning turli darajadagi munosabatlarini qo'llab-quvvatlashda umumiy madaniy omillardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.”

JIDUning Xalqaro munosabatlar fanlari dotsenti, doktor Ulug'bek Xasanov Markaziy Osiyo davlatlari aro mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta'kidlab, “(biz) bir-birimizga nisbatan faqat “tolerant” bo'libgina qolmasdan, balki o'rtamizda o'zaro hurmat va ishonchni paydo qilishimiz kerak” deya o'z fikrini bildirdi.

Mintaqaviy xavfsizlik tadqiqot markazidan doktor Aziz Malikov davlatlar aro nizolargacha olib borishi mumkin bo'lgan mahalliy chegaralardan kelayotgan ziddiyat xavfiga keng e'tibor qaratishga chaqirib, Markaziy Osiyoning aksariyat davlat chegaralarida delimitatsiya va demarkatsiyaning mavjud emasligi trans-milliy xavflarga qarshi samarali kurashga to'sqinlik qilayotganligini qayd qildi.

NATOning aloqa bo'yicha xodimi Aleksandr Vinnikov NATOning Markaziy Osiyolik hamkorlari bilan kelishuvi va NATO Afg'onistonni ko'llab-quvvatlash masalasida mas'ul ekanligini alohida ta'kidlab, bu masala yaqinda bo'lib o'tgan Uels` Sammitida e'lon qilingan Xavfsizlikni qo'llab quvvatlovchi xalkaro kuchlar (XQQXK)ning yordam dasturi (Qat'iy qo'llab-quvvatlash missiyasi; Afg'on milliy xavfsizlik kuchlari (AMXK)ning moliyaviy barqarorligi; NATO va Afg'onistonning davomiy hamkorligi)dan ham o'rin olganligini aytdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining eksperti, doktor Aziz Rasulov muhokamaga ko'shilar ekan, XQQXK missiyasining qisqarishi Afg'oniston xavfsizligiga jiddiy hatar keltirib chiqarishini aytdi va AMXKning qurol-yarog'lari terroristik guruhlar qo'liga o'tib ketish ehtimolligi bor ekanligidan ogohlantirdi. Shuningdek, JIDUning Xalqaro munosabatlar fanlari professori, doktor Nihola To'laganova ham Afg'on hukumati “barqarorlik, hokimiyat o'z vazifalarini bajara olishi va turg'un iqtisodiy rivojlanishni ta'minlay olishiga” shubha bildirdi.

Vakillar shuningdek, yaqinda Ukrainada ro'y bergan voqealar, Farg'ona vodiy chegarasidagi ziddiyatlar va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Aleksandr Vinnikovning aytishicha, anjuman Markaziy Osiyo hamda Afg'oniston yuzma-yuz kelayotgan xavfsizlikning bosh masalalari, 2014 yildan keyin ularning istiqboldagi yechimlariga doir turli fikrlarni eshitish va ular yuzasidan ochik muhokamada ishtirok etish imoknini berdi.

Markaziy Osiyo, Afg'oniston va mintaqaviy xavfsizlikka bag'ishlangan TYHning yillik konferentsiyalarining navbatdagisi 9-10 oktyabr` kunlari Kozog'istonda boshlansa, noyabr oyida esa ushbu tadbir Tojikiston va Qirg'izistonda o'tkazilishi kutilmoqda.   

Mazkur tadbir NATOning Jamoat diplomatiyasi boshqaruvi va Markaziy Osiyoda NATOning aloqa bo'yicha xodimi ko'magida tashkil etildi.