NATO ning Uels Sammiti va Markaziy Osiyo bilan hamkorlik qilishga oid ko'rgazmali muhokama
4 sentyabr` kuni Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti (JIDU) da bo'lib o'tgan tadribda NATO ning Uels Sammiti va Al`yansning Markaziy Osiyolik sheriklari bilan hamkorlik qilishi muhokamaning bosh mavzusi bo'ldi.
Uels Sammiti bilan bir vaqtda o'tkazilgan ushbu tadbir, JIDU, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va o'zaro hamkorlik bo'yicha NATO xodimi ofisi, shuningdek Toshkentdagi Britaniya va Italiya elchixonalarining o'zaro hamkorligida uyushtirilgan bo'lib, u JIDU hamjamiyatini Sammitning ustuvor yo'nalishlari va Markaziya Osiyo mintaqasida NATO faoliyati bilan tanishtirishga qaratildi.
JIDU rektori, doktor Nodir Jumaevning kirish nutqidan so'ng, NATO/Xavfsizlikni qo'llab-quvvatlovchi Xalqaro kuchlar xodimi, janob Raymonds Vingris jamoa e'tiboriga NATO Sammiti, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va o'zaro hamkorlik bo'yicha NATO xodimi ofisi mandati, hamda NATO va O'zbekistonning o'zaro hamkorligiga oid ma'lumotlarni havola qildi. Italiyaning Toshkentdagi elchisi, janob Rikardo Manara Al`yans doirasida Italiyaning ustuvor yo'nalishlarini va O'zbekistondagi NATO bilan yetakchi aloqa punkti bo'lgan Italiya elchixonasining rolini tavsiflab berdi. Yakuniy ko'rgazmali chiqish Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi, janob Jordj Edgar tomonidan qilinib, unda u Birlashgan Qirollikning NATO dagi roli, Afg'oniston operatsiyalarida Birlashgan Qirollikning hissasi, hamda Uels Sammitining maqsadlari haqida to'xtalib o'tdi.
Shundan so'ng, NATO vakillari bilan talabalar o'rtasida jonli muloqot bo'lib, u orqali talabalar Al`yans va tashqi siyosat borasidagi bilimlarini boyitish, shuningdek global va mintaqaviy xavfsizlikka doir dolzarb masalalarda NATO vakillari bilan munozara qilish imkoniga ega bo'ldilar. Talabalar Uels Sammitining natijalari Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatiga ta'sir ko'rsata olish imkoni bilan qiziqdilar. Ularning shuningdek NATO-Afg'oniston hamkorligi va 2014 yil nihoyasigacha Xavfsizlikni qo'llab-quvvatlovchi Xalqaro kuchlar qo'shinlari olib chiqilgan Afg'onistonning kelajagi haqidagi savollariga elchilar javob berishdi. Janob Vingris o'z nutqini shunday yakunladi: “Xalqaro hamjamiyat, jumladan, Afg'oniston qo'shinlari ham, Afg'oniston va mintaqada xavfsizlik, barqarorlikni kafolatlashda har doim hal qiluvchi o'ringa ega”. Shuningdek muhokamada NATO tarixi va evolyutsiyasi, NATO a'zolarining Sammitda tutgan o'rni, Markaziy Osiyodagi NATO sheriklari uchun Sammitning ahamiyatliligiga taalluqli savollar ham o'rtaga tashlandi.
JIDU rektori o'z nutqining nihosida talabalarga xavfsizlik sohasi ekspertlari bilan bo'lgan muhokamada qatnashib, joriy xavfsizlik vaziyatini his qilish va ularning tashqi siyosat borasidagi bilimlarini boyitish imkoni berilgani uchun tashkilotchilarga minnnatdorchilik bildirdi. U Universitet bilan NATO o'rtasidagi hamkorlikni shu kabi akademik va ekspertlar konferentsiyalari orqali davom ettirib, bu tadbirlarda tomonlar o'z bilim va tajribalari o'zaro almashishiga tilak bildirdi.
Mazkur tadbir doirasida Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi fikrlarini quyidagi manzildan topishingiz mumkin:
https://www.gov.uk/government/world-location-news/presentation-on-the-nato-summit-is-held-in-tashkent